“Ijodiy imtihonga kiradigan ‘yiqilgan’ abituriyentlar 111.500 so‘m to‘lamaydi”,— Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Foto: TTeSI

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot kotibi o‘quv yili qabuli, ijodiy imtihonlarni o‘tkazish tartibi haqida ma’lumot berdi.

Respublika OTMlarida ijodiy imtihonga kiradigan abituriyentlar 111.500 so‘m miqdoridagi pulni to‘lamaydi. Bu faqat test topshiradigan abituriyentlar uchun.

Shuningdek, ijodiy imtihonlarni o‘tkazish vaqti va joyi OTM rektori tomonidan tegishli vazirlik bilan kelishilgan holda belgilanadi. OTM rasmiy saytini kuzatib borish lozim bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, test sinovlari bilan bir qatorda o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni 25-iyulgacha yakunlash, alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari kirish imtihonlarini 25-iyuldan 20-avgustgacha o‘tkazish belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, 2020—2021-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari 20-iyundan 20-iyulga qadar davom etadi.

Янгиликлар