Farg‘onada ikki bosh qoramol o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Foto: Four Paws

Farg‘ona shahrida 28-iyun kuni Sh.O‘. fermer xo‘jaligi dala maydonidan ikki bosh qoramolni o‘g‘irlatib qo‘ygani bo‘yicha IIBga murojaat qilgan. Bu haqda Farg‘ona viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.

“Yong‘oqzor” ko‘chasida joylashgan fermer xo‘jaligi dala maydonida noma’lum shaxs 27-iyun kunidan 28-iyun kuniga o‘tar kechasi qarovsiz qoldirilgan 2 bosh qoramollarini o‘g‘irlab ketgan. Jonzotlarning narxi 17.000.000 so‘m bo‘lgan.

Holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.A. sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Avvalroq Quvada narxi bir yarim million so‘mlik telefon o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar qilingandi.

Янгиликлар