O‘zbekistonda koronavirusdan 30-o‘lim qayd etildi

Poytaxtda yashovchi 65 yoshli V.M. 1-iyul kuni o‘ta og‘ir ahvolda Ibn Sino nomidagi 1-son shahar klinik shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilib, sun’iy nafas olish apparatiga ulangan. Bu haqda SSV xabar berdi.

Ma’umotlarga ko‘ra unga gipertoniya kasalligi, ateroskleroz, insultning ikkinchi bor qaytalanishi, gemorragik insult tashxisi qo‘yilgan.

Bemorga SSVning qator yo‘nalishlari bo‘yicha bosh mutaxassislari va Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi shifokorlari tomonidan konsiliumlar o‘tkazilib, doimiy nazorati ta’minlangan.

Bemor 3-iyul kuni o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.

Avvalroq saraton kasalligidan davolanib kelgan 77 yoshli koronavirusga chalingan bemor vafot etgani haqida xabar berilgan edi.