Xorijdagi fuqarolarni O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha 5-iyul kuni tashkil etiladigan charter qatnovlar e’lon qilindi

Foto: Tashqi mehnat migratsiya agentligi

Charter qatnovlarning tasdiqlangan jadvaliga ko‘ra, Toshkent – Rostov—Don – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha reys amalga oshiriladi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lumot berishicha, fuqarolar Parvozga konsullik muassasalari tomonidan ro‘yxatga olinadi, Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro‘yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.

Ro‘yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo‘yiladi.

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar o‘z xohishiga ko‘ra 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul ta’minlanadigan karantin markazlarida yoki pullik mehmonxonada o‘tkazishi mumkin.

Ma’lumot uchun, bugun Toshkent – Yekaterinburg – Toshkent va Toshkent – Moskva – Toshkent charter reyslari amalga oshiriladi.

Янгиликлар