Namangandagi “yashil” va “sariq” tumanlarda ayrim dam olish maskanlari faoliyatiga ruxsat berildi

Foto: Afisha.uz

Namanganning “yashil” va “sariq” tumanlarida dam olish maskanlarining ayrim turlariga ruxsat berildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Namangan viloyat hududiy boshqarmasi xabarida aytilgan.

Unga ko‘ra, viloyatning “yashil” va “sariq” hududlarida quyidagi dam olish maskanlarining faoliyatiga ruxsat berilgan:

— mehmonxonalar, sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar, boshqa dam olish maskanlarida joylashgan hamda ochiq havoda xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish obyektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona);

— uy mehmonxonalari va soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tgan dala hovlilar (dachalar) faoliyatiga (faqat oilaviy mehmonlarga xizmat ko‘rsatish uchun).

Ma’lumot uchun, Namangan viloyatida “qizil” hudud — Namangan shahri, Norin, Pop, Uychi, Uchqo‘rg‘on va Yangiqo‘rg‘on tumani, “sariq” hudud — Namangan tumani, To‘raqo‘rg‘on va Chust tumani, “yashil” hudud — Chortoq, Mingbuloq va Kosonsoy tumani.

Avvalroq Namanganda stikersiz avtotransportda harakatlanish bo‘yicha cheklov o‘rnatilgani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар