Namanganda stikersiz avtotransportda harakatlanish bo‘yicha cheklov o‘rnatildi

Foto: STV

Avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga kunning muayyan vaqtida ruxsat beriladi. Bu haqda Namangan viloyati IIB YHXB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Respublika maxsus komissiyasining 14-maydagi 23-son bayoni 6-bandiga muvofiq avtoulovlarning maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishiga soat 07:00 dan 10:00 gacha va 17:00 dan 20:00 gacha ruxsat berildi. Bundan tashqari vaqtda esa fuqarolarnining harakatlanmasliklarini so‘raymiz, deyiladi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, yuqoridagi tartib-qoidalar respublikada koronavirus kasalligining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha 2020-yil 30-iyundagi respublika maxsus komissiyaning 31-sonli yig‘ilish bayonining 16-bandida belgilab berilgan.

Eslatib o‘tamiz, Namangan viloyatida infeksiyaga chalinganlar soni 5-iyul holatiga ko‘ra, 305 kishini tashkil etgan.

Янгиликлар