Samarqandda shifokor va qorovul shifoxona hududiga mashina kiritmagani uchun kaltaklandi

Skrin

Samarqand viloyati ko‘p taramoqli tibbiyot markazi qorovuli va shifokoriga bemorning o‘g‘li  tan jarohati yetkazdi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturi xabar berdi.

Shifoxona hududi karantinda bo‘lganligi uchun bemorning o‘g‘liga mashina bilan kirishga ruxsat berilmagan. Bundan g‘azablangan fuqaro qorovul va shifokorni kaltaklashga tushgan. Bu janjalga yigitning yonidagi ikki ayol ham aralashgan.

Aniqlanishicha, yigit avvaliga otasini shu tibbiyot markaziga yotqizadi. Ertasi kuni boshqa shifoxonaga ko‘chirib ketar paytida xonaning kalitini ham o‘zi bilan olib ketadi. Kunning ikkinchi yarmida yana hovligacha mashinada kirib kelmoqchi bo‘ladi. Yigit bunga qarshilik ko‘rsatgan shifokor va qorovulni haqoratlab, ularni kaltaklab ketadi, deyiladi xabarda.

Shifokor va qorovul hozirda shifoxonaga yotqizilgan.

Jabrlanganlar va markaz shifokorlar bunday fuqarolarga nisbatan jazo chorasini kuchaytirishni so‘ramoqda.

Янгиликлар