AQSh Davlat departamenti mamlakatda TikTok dasturini blok qilishga ruxsat berdi
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Fox News telekanaliga bergan intervyusida mamlakatda TikTok dasturining bloklanishi masalasi jiddiy muhokama qilinayotganini aytdi. Bu haqda RBK xabar bermoqda.
Boshlovchining savoliga javob berar ekan, Mayk Pompeo Xitoyning TikTok dasturini yopish zarurligini ma’lum qilgan. Davlat kotibi to‘liq tafsilotlarni oshkor qilmagan, ammo fuqarolarga shaxsiy ma’lumotlari Xitoy kommunistlarining qo‘liga tushmasligi uchun TikTok’dan foydalanayotganda ehtiyot bo‘lishlarini maslahat bergan.
Ma’lumot uchun TikTok— bu Xitoy kompaniyasi ByteDance tomonidan yaratilgan videoilova. Kompaniya ilgari Xitoy rasmiylari bilan aloqalari yo‘qligini ma’lum qilgan va uning asosiy ma’lumotlar bazasi Xitoydan tashqarida joylashganligini bildirib o‘tgan.