AQSh hukumati onlayn o‘qiyotgan chet ellik talabalardan mamlakatdan chiqib ketishni talab qildi

AQShda tahsil olayotgan chet ellik talabalar, agar o‘zlari o‘qiyotgan o‘quv yurtlarida kuzgi semestr to‘liq onlayn shaklda o‘tkazilsa, mamlakatdan chiqib ketishlariga to‘g‘ri keladi. Bu haqda immigratsiya va bojxona politsiyasining xabarida keltirib o‘tilgan.

Ma’lum qilinishicha, AQSh hukumati 2020-yil kuzgi semestrda to‘liq onlayn bo‘lgan o‘quv muassasalari va dasturlarga qabul qilingan F-1 va M-1 vizasiga nomzod talabalarga viza berishni vaqtinchalik to‘xtatdi.

Hozirda AQShda bunday dasturlarda ta’lim olayotgan talabalar mamlakatni tark etishlari yoki qonuniy maqomda qolish uchun yuzma-yuz o‘qitiladigan o‘quv muassasasiga o‘tish kabi choralarni ko‘rishlari kerak bo‘ladi.

Avvalroq iyun oyi oxirida prezident Donald Tramp vaqtincha ishlash vizalarini berishni to‘xtatib turadigan farmonga imzo chekkandi. U o‘z qarorini inqiroz tufayli ish joylari qisqarishi tufayli AQSh fuqarolarini qo‘llab-quvvatlash zarurati bilan asoslagandi.

Янгиликлар