O‘zbekistonda koronavirusdan 38-o‘lim qayd etildi
Foto: Business insider
Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi 61 yoshli O.N. 27-iyun kuni koronavirusga chalingan bemor bilan birlamchi muloqotda bo‘lganligi sababli viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan va davo muolajalari boshlangan, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Unga koronavirus infeksiyasi og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas yetishmovchiligining 3-darajasi asorati bilan kechgan.
Eslatib o‘tamiz, 6-iyul kuni O‘zbekistonda 3 nafar koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemor vafot etgani haqida xabar berilgan edi.