Qibray va Zangiota tumanlarida jami 150 ga yaqin xotin-qizlar OTMga kirishda maxsus imtiyoz olish uchun hujjat topshirgan

Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 12-iyundagi “2020—2021-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Zangiota va Qibray tumanlaridan bir qancha xotin qizlar OTMga kirishda maxsus imtiyoz olish uchun hujjat topshirgan.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Ma’lum qilinishicha, hozirga qadar Qibray tuman ishchi guruhi tomonidan jami 68 nafar xotin-qizlardan hujjatlar qabul qilingan, ulardan 3 nafari chin yetim, 37 nafari boquvchisini yo‘qotgan, 8 nafari nogironlar bor oiladan, 5 nafarining ota-onalari ajrashgan, 12 nafarining ota-onasi ishsiz, 3 nafariga esa rad javobi berilgan.

Zangiota tumanida ham bu yil 11-sinf bitiruvchilari soni 1796 nafarni tashkil etgan, shundan 861 nafari qizlar. Bitiruvchilarning mingdan ortig‘i oliy ta’lim muassasalariga kirish istagini bildirgan.

Tuman ishchi guruhiga shu paytgacha qo‘shimcha davlat grantiga da’vogarlik qilayotganlardan 60 dan ortiq murojaatlar qilingan, lekin ularning faqat 20 ga yaqini belgilangan mezonlarga mos kelgan, qolganlarga esa tegishli tushuntirishlar berilgan.

Avvalroq xotin-qizlar uchun OTMlarga kirishda qoʻshimcha grant kimlarga berilishi ma’lum qilingan edi.

Янгиликлар