Samarqandning ayrim hududlari 8-iyul kuni elektr energiyasidan 8 soatga uziladi

Samarqandning ayrim hududlarida 8-iyul kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi.

Foto: “Elec.ru”

“Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”ning xabar berishicha, bu nimstansiya sharqiydan chiquvchi elektr tarmoqlarida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari olib borilishi bilan bog‘liq.

Shu tufayli “Rasadxona”, “Galaosiyo”, “Qir”, “Obi Rahmat”, “Bogʻimaydon”, “Xoʻja Doniyor”, “Bogʻibaland”, Gʻiyosiddin Jamshid, Motrid, Xoʻja, Chilstun, Xoʻja Gʻunjoyish, “Xumo”, “Afrosiyob”, I. Vose, “Geologlar”, “Sharq”, Xoʻja Zudmurod, Dari Zanjir, “Xalqobod”, “Fidoiylar”, Ogahiy, “Yominiy”, “Oqsaroy”, “Qurgʻoncha”, “Yuksalish”, “Muborak”, “Xayrobod”, “Xumo”, “Hilol”, “Xalqobod”, “Galaosiyo” mahallalarida elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi.

Shuningdek, elektr energiyasida uzilishlar viloyat Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasida, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashida, “Aeroport”, “Afrosiyob” muzeyi, “Siyob” dehqon bozorida ham kuzatiladi.