O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 11 447 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, 7 soat ichida 188 nafarga ko‘payib, 11 447  nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 104 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 56 nafari Toshkent shahrida, ularning barchasi aholi orasida, 4 nafari Samarqand viloyatida, 24 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, shundan 10 nafari aholi orasida aniqlangan.

Ma’lumot uchun, bugun hozircha jami 355 ta yangi holat aniqlandi, 4 bemor vafot etdi, poytaxtdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 22 nafar bemor tuzaldi. O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 7 082 nafarga yetdi. 4 316 nafar bemor davolanmoqda. Kasallanganlarning 49 nafari vafot etdi.

Янгиликлар