Ehtiyojmand aholini ishga joylashtirish ko‘rsatkichi eng past 6 ta sektor rahbari ishdan bo‘shatildi, 7 nafariga “hayfsan” e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni rivojlantirish hamda budjet tushumlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda, Prezident kamida 257 ming nafar muhtoj oilalar vakillarini ishga joylashtirish, 37 mingta xonadonga oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar ajratish zarurligini qayd etdi.
Shuningdek, ehtiyojmand aholini ishga joylashtirish ko‘rsatkichi eng past 6 ta sektorning rahbarlari ishdan bo‘shatildi. Bular – Farg‘ona tumani hokimi Nosirov, Yakkabog‘ tumani prokurori Mustafayev, Gʻuzor va Chortoq tumanlari ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari Raxmonov va Abdurayimov, Muborak tumani va Qo‘qon shahar soliq inspeksiyalari boshliqlari Temirov va Turdiqulov.
Undan tashqari, 7 nafar rahbari Sho‘rchi tumani hokimi Xudayberganov, Kattaqo‘rg‘on, Koson va Payariq tumanlari ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari Otamurodov, Otakulov va Shermuxamedov, Narpay, Gʻallaorol tumanlari va Guliston shahar soliq inspeksiyalari boshliqlari Dehqonov, Mamayev va Radjabov nisbatan oxirgi ogohlantirish sifatida “hayfsan” e’lon qilindi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston-Rossiya chegarasidagi fuqarolarni tartib bilan olib kelish bo‘yicha topshiriq berganini ma’lum qilingan edi.