Karib havzasi mamlakatlari pandemiya sababli fuqarolik narxini pasaytirdi

Forbes nashri Bloomberg’ga tayanib, byudjetda mablag‘ yetishmasligi sababli Karib dengizi mamlakatlari sarmoyalar uchun o‘z davlati fuqarolik narxlarini tushira boshladilar, deya xabar bermoqda.

Foto: shutterstock

Dastlabki narxni tushirgan davlatlardan biri Sent-Kits va Nevis orollaridir. Yil oxiriga qadar ushbu davlat 150 000 AQSh dollari evaziga to‘rt kishilik oila uchun pasportlarni taqdim etadi. Ilgari ushbu dasturda ishtirok etish qiymati hozirgidan 23 foizga balandroq — 195 000 AQSh dollarini tashkil etgan.

Dastur shartlari Sent-Lusiya, Grenada, Antigua va Barbuda, Dominikda ham o‘zgargan. Ta’kidlanishicha, Sent-Lusiya fuqarolarga foizlar to‘lanmaydigan besh yillik obligatsiyalarni sotib olish imkoniyatini taklif etadi. May oyida davlat pasport olish uchun zarur bo‘lgan sarmoyani ikki baravar — har bir kishi uchun 250 ming dollarga yoki to‘rt kishilik oilaga 300 ming dollarga kamaytirdi. Bunday obligatsiyalarni sotib olish imkoniyati yil oxirigacha amal qiladi.

Янгиликлар