“Kasallanganlar to‘g‘risidagi statistika kamaytirib ko‘rsatilgani yo‘q” — Nurmat Otabekov

AOKA huzuridagi shtabda bugun, 13-iyul kuni Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda Nurmat Otabekov nima sababdan Navoiy viloyatida kasallanganlar soni ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, mutasaddi vakillar kasallanganlar to‘g‘risidagi statistikani kamaytirib ko‘rsatayotgani haqidagi savolga javob berdi.

Otabekovga ko‘ra, O‘zbekistonda shu kungacha viloyatlarda kasallanish va koronavirusdan o‘lim darajasi bo‘yicha statistik ma’lumotlar xalqdan hech narsani yashirmasdan, aniq, haqqoniy, shaffof holda berilmoqda. Navoiy viloyatida kasallanganlar soni juda ham ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, mutasaddi vakillar kasallanganlar to‘g‘risidagi statistikani kamaytirib ko‘rsatmoqdalar, degan ma’lumot noo‘rin, yolg‘on ma’lumot.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 13-iyul holatiga ko‘ra, 61 taga yetdi. Hozirda 5280 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 43 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Янгиликлар