“O‘zbekistonda karantin hozir kuchaytirilmasa, dekabrgacha koronavirusga chalinganlar soni 64 mingga yetishi mumkin” — Obid Hakimov

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov karantin tartibining uzaytirilishi va uning oqibati haqida fikr bildirdi. Bu haqda Review xabar berdi.

“Aytishim mumkinki, agar epidemiyaning yangi to‘lqini boshlanganligi sababli karantin choralari kuchaytirilmasa, markazimiz prognozlariga ko‘ra, 2020-yilning dekabr oyiga qadar koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni deyarli 64 mingtaga yetishi mumkin. Ushbu bemorlarni parvarish qilish uchun esa qo‘shimcha 3,6 trillion so‘m mablag‘ kerak bo‘ladi”, — dedi Obid Hakimov.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya yaqin orada susaymaydi va iqtisodiy faoliyat epidemiologik vaziyatga qarab olib boriladi.

Avvalroq JSST rahbari dunyoda koronavirus tarqalishining to‘rtta ssenariysini aytib o‘tgani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар