O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurayim Abduvahobov vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbek milliy akademik teatri aktyori Abdurayim Abduvahobov 57 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqida Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Foto: “Xalq so‘zi Online”

Abdurayim Abduvahobov 1963-yil 8-avgust kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkentdagi teatr va rassomchilik oliygohini bitirgan.

Abdurayim Abduvahobov “Shum bola”, “Suyunchi”, “Muhabbat sinovalari”, “18-kvadrat”, “Ada emas, dada”, “Firibgar”, “Osiy banda”, “Poyga”, “Bevalar”, “So‘nggi nafasimgacha”, “Sevgi balki bu jannat 2”, “Nazira” kabi filmlarda rol ijro etgan. Shuningdek, u “Chimildiq” spektaklidagi roli bilan ham mashhurlikka erishgan edi.