O‘zbekistonning 4 ta hududida koronavirusga chalingan 44 kishi sog‘aydi. Mamlakatda tuzalganlar soni 8074 nafarga yetdi

O‘zbekistonda 44 nafar koronavirusga chalingan bemor sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Navoiy viloyatida 19 nafar, Namangan viloyatida 15 nafar, Qashqadaryo viloyatida 6 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 4 nafar bemor tuzalgan.

Shuningdek, O‘zbekistonda sog‘ayganlar soni 8074 nafarga yetdi.

Avvalroq 14-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, mamlakatda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 281 nafarga oshib, 13 872 kishini tashkil etgani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар