Farg‘onada “Spark” haydovchisi voyaga yetmagan shaxsni urib yubordi. O‘smir hodisa joyida vafot etgan
Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida “Spark” avtomashinasi haydovchisi piyodaning o‘limiga sababchi bo‘ldi, deb xabar berdi viloyat IIB axborot xizmati.
Fuqaro B.F. 12-iyul kuni “Spark” avtomashinasida Qaqir ko‘chasida ketayotib, harakat boshqaruvini yo‘qotgan. Oqibatda yo‘l chetida turgan piyoda — voyaga yetmagan A.Q.ni urib yuborgan va bola tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Rishtonda daraxtga urilgan “Matiz” haydovchisi hodisa joyida vafot etgani haqida xabar berilgandi.