Jarqo‘rg‘onda sudyalar omma oldida obro‘sizlantirilgani, sud xodimi esa do‘pposlangani yuzasidan rasmiy bayonot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda 12-iyul kuni Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida sudyalar omma oldida obro‘sizlantirilgani, sud xodimi esa do‘pposlangani haqida xabar tarqalgan. Bu haqda Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tekshirish natijasiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 206-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, tergov harakatlari Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

Avvalroq Jinoyat ishlari bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tumani sudining raisi hamda haydovchisi shu sudga biriktirilgan Nexia-3 mashinasida tuman sudi binosi tomon harakatlanib kelayotganida blok postda to‘xtatilgani va postdan o‘tkazilmagani, keyinchalik esa omma oldida obro‘sizlantirilgani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар