O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 14,5 mingga yaqinlashdi

O‘zbekistonda 15-iyul soat 17:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 173 kishiga oshib, 14 466 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yangi kasallanish holatlarining 56 tasi karantin markazidagi fuqarolar orasida, 60 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar orasida, 21 nafari Namangan viloyatida, 19 nafari Andijon viloyatida, 12 nafari Qashqadaryo hamda 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, bugun Qashqadaryo viloyatida 8 nafar, Jizzax va Farg‘ona viloyatida 4 nafardan, jami 16 nafar bemor tuzalgan.

Ayni paytga qadar O‘zbekistonda 8 343 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan. Hozirda 6 054 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Avvalroq Toshkent viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan 37 yoshli erkak o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir nafas va o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар