Buxoroda karantin tartibiga amal qilmagan 37 nafar yo‘nalishsiz taksi haydovchisiga chora ko‘rildi

Buxoro viloyatida karantin tufayli avtomashinalar harakati bo‘yicha joriy etilgan cheklovlarga qaramay, yo‘nalishsiz taksi haydovchilarining qonunni buzish holatlari uchramoqda, deb xabar berdi viloyat Transport boshqarmasi axborot xizmati.

Foto: Buxoro viloyati Transport boshqarmasi axborot xizmati

Buxoro viloyatiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha viloyat maxsus komissiyasining qaroriga asosan 2020-yil 15-iyul kunidan boshlab yo‘nalishsiz taksilar harakatlanishiga faqatgina kunning muayyan vaqtida (07:00 dan 10:00 gacha, 17:00 dan 20:00 gacha) tegishli hudud doirasida ruxsat berilgan.

Foto: Buxoro viloyati Transport boshqarmasi axborot xizmati

Boshqarma hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi YHXB inspektorlari tomonidan ushbu qoidalarga amal qilinishi bo‘yicha o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida birgina 15-iyul kunida 37 ta tartibga amal qilmaslik holatlari aniqlanib, tegishli bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Foto: Buxoro viloyati Transport boshqarmasi axborot xizmati

Foto: Buxoro viloyati Transport boshqarmasi axborot xizmati

Eslatib o‘tamiz, 18—19-iyul hamda 25—26 iyul (shanba va yakshanba) kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida yo‘nalishsiz taksilarning harakati to‘liq to‘xtatiladi.

Ma’lumot uchun, avtomashina o‘zgarsa, stiker almashtirib berilmasligi ma’lum qilingandi.

Avvalroq avtomobildan foydalanishda maxsus ruxsatnoma talab etilmaydigan holatlar ro‘yxati tasdiqlangani va Namangan shahrining ichki ko‘chalarida avtotransport vositalarining hujjatlari tekshirilayotganligiga izoh berilgani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар