Namanganda 78 ming nafardan ortiq abituriyent OTMlarga hujjat topshirgan

Namanganda 15-iyul 18:00 holatiga ko‘ra, jami 78 628 nafar nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Namangan davlat universitetiga jami 37 263 nafar abituriyent hujjat topshirgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 15-iyul holatiga ko‘ra, jami 1 011 660 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Ulardan 438 86 nafari — 2020-yil bitiruvchilari.

Ma’lumot uchun, ta’lim shakli bo‘yicha kunduzgi — 586 612 nafar, sirtqi — 404 111 nafar, kechki — 20 779 937 nafar abituriyent hujjat topshirgan.

Shuningdek, o‘zbek tilida 888 519 nafar, rus tilida 95 544 nafar, qoraqalpoq tilida 27 420 nafar, boshqa tillarda  2177 nafar abituriyent imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan.

Avvalroq 2020/2021-o‘quv yili uchun abituriyentlarning hujjatlari DTM sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinishi haqida xabar berilgan edi.

OTMlarga hujjatlar 20-iyundan 20 iyulgacha (20-iyul kuni ham) qabul qilinadi.

Янгиликлар