O‘zbekistonda kuniga 6 mln dona tibbiyot niqobi ishlab chiqarilayotgani ma’lum qilindi

AOKA huzuridagi shtabda kecha, 16-iyul kuni Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Qizlarxon Begmatova ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda Qizlarxon Begmatova hozirda O‘zbekistonda kuniga 6 million dona tibbiy niqoblar va 50 ming dona himoya kombinzonlari ishlab chiqarish imkoniyatlari yaratilganini ma’lum qilgan.

Shuningdek, hozirgi kunda “O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi korxonalari bilan birgalikda jami 270 dan ortiq tibbiy niqoblar va 16 ta himoya kombinzonlari ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar faoliyat yuritayotganligi qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, ushbu mahsulotlarning respublika ichki bozori ehtiyoji ta’minlanib, qo‘shni mamlakatlarga eksport qilish yo‘lga qo‘yilgan.

Янгиликлар