Andijonda yana 32 kishi koronavirusga chalindi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 20-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, 16 966 nafarni tashkil etmoqda, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining 32 tasi Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Viloyatda 19-iyul holatiga ko‘ra, infeksiyadan sog‘ayganlar soni 397 kishini tashkil etgan.

Avvalroq Andijonda yana 36 kishida koronavirus qayd etilgani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus bemorlari soni 17 mingga yaqinlashgan. Shuningdek, Toshkentda koronavirusga chalingan bemor hamroh kasallikdan vafot etib, jami o‘limlar soni 88 taga yetgan.

Янгиликлар