Andijonda yana 36 kishida koronavirus qayd etildi

Andijon viloyatida koronavirus bilan kasallanganlar soni yana 36 nafarga ortib, 621 kishini tashkil etmoqda.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda 2020-yil 19-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 16 429 nafarni tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining 36 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 19-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, Andijon viloyatida 386 kishi koronavirusdan sog‘aygan.

Avvalroq viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov Andijon xalqiga murojaatida, qo‘lida koronavirusga qarshi ishlatiladigan 49 xil dori-darmon vositalari 3 oylik zaxirasining kaliti turganini ma’lum qilgan edi.