O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Anvar Kenjayev vafot etdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Anvar Kenjayev 18-iyul, shanba kuni vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Anvar Kenjayev faoliyati davomida “Endi dadam bo‘ydoq”, “Sardor”, “Uchar otlar”, “Ta’ziyadagi to‘y”, “Ada emas, dada”, “Oydinoy”, “Suv yoqalab”, “Yo‘qolgan odam” kabi filmlarda rol ijro etgan.
“O‘zbekiston Madaniyat vazirligi marhumning oila a’zolariga chuqur ta’ziya izhor qiladi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurayim Abduvahobov 57 yoshida olamdan o‘tgani xabar qilingandi.