Namanganda yoshlar bandligini ta’minlash uchun 30 sotixdan o‘rmon xo‘jaligi yerlari ajratildi (foto)

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida yoshlar bandligini ta’minlash, yosh oilalarga yer ajratish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati

Ta’kidlanishicha, Namangan viloyati hokimligi, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, viloyat O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi va Yangiqo‘rg‘on tuman hokimligi bilan hamkorlikda 80 nafar yoshga 30 sotixdan yer berilgan.

Foto: Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati

Ularga yerga egalik qilish bo‘yicha viloyat hokimining sertifikatlari ham topshirilgan. Ushbu yerlar ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz yoshlarga 49 yilga bepul beriladi. O‘rmon xo‘jaligi viloyat boshqarmasi tomonidan hudud sharoitiga qarab, olxo‘ri ko‘chatlari ekib beriladi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati

Shuningdek, 3 nafar qizga 100 kilogrammdan hosil beradigan 25 ta yong‘oq daraxti ajratib berilgan.

Foto: Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati

Avvalroq Farg‘ona viloyati So‘x tumanida uch gektargacha bo‘lgan yerlar shartnoma asosida hududdagi ishsiz yoshlarga ijaraga berilayotgani haqda xabar berilgandi. Tuman hokimi o‘rinbosari Bobosodiq Latipovning aytishicha, 50 nafar ishsiz yoshga shartnoma asosida “Ozod” shirkat xo‘jaligi hududidan 50 sotixdan bir gektargacha bo‘lgan yerlar ijaraga berilgan.

Янгиликлар