O‘zbekistonda qancha odam koronavirusdan uyda davolanayotgani ma’lum bo‘ldi

Respublika maxsus komissiyasi markaziy shtabi a’zosi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi xodimi Jo‘shqin Qosimov karantinga olingan xonadonlar, uy sharoitida davolanayotgan bemorlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 22-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha koronavirusdan uy sharoitida davolanayotganlar soni 1706 nafarni tashkil qilmoqda.

Hududlar kesimi bo‘yicha:

Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 58;

Andijon viloyatida — 136;

Jizzax viloyatida — 22;

Navoiy viloyatida — 40;

Namangan viloyatida — 21;

Samarqand viloyatida — 96;

Sirdaryo viloyatida — 156;

Surxondaryo viloyatida — 101;

Qashqadaryo viloyatida — 21;

Toshkent viloyati — 637;

Toshkent shahrida — 413 nafar bemor uyda davolanmoqda.

“Ularning barchasi shifokorlar nazoratida bo‘lib, kerakli tavsiyalar berib borilyapti. Bepul dori-darmonlar hamda bir martalik tibbiy niqoblarni yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan”, — deyiladi xabarda.

Uyda davolanish amaliyotini o‘tayotgan bemorlar 10 kun davomida kuzatuvda bo‘ladi. Test natijalariga qarab, kuzatuv bekor qilinadi yoki davom ettiriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 5-iyuldan boshlab koronavirus kasalligi aniqlangan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan va ularga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun mobil guruhlar tashkil etilgan.

Янгиликлар