Qashqadaryoda sobiq ichki ishlar xodimi firibgarlik yo‘li bilan 2 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olindi

Foto: Dreamstime

Davlat xavfsizlik xizmatidan Kun.uz`ga ma’lum qilishlaricha, u mazkur pul mablag‘i evaziga Koson tumanida yashovchi fuqaroga unga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Koson tuman sudida ko‘rilayotgan jinoyat ishini tanishlari orqali hal qilib berishni va’da qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tezkor tadbir DXX Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan.

Namanganda yer sotmoqchi bo‘lgan MChJ rahbari qo‘lga olindi

Namangan viloyatida baliqchilikka ixtisoslashgan MChJ rahbari jamiyatga tegishli hududdan 7,5 gektar yer maydonini Mingbuloq tumanida yashovchi fuqaroga 10 ming dollarga sotishga kelishib, undan 65 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi ochilib, tergov boshlangan.

Tezkor tadbir DXX Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan.

Янгиликлар