Mutaxassis: “Agar bemor o‘zi suyuqlik icha olsa, tomchi ukol olish mutlaqo tavsiya etilmaydi”

Koronavirusdan davolanayotgan bemor o‘zi suyuqlik icha olsa, tomchi ukol olish tavsiya etilmaydi. Bu haqda Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi vakili Klara Yodgorova “Tez yordam” ko‘rsatuvida ma’lum qildi.

Klara Yodgorovaning so‘zlariga ko‘ra, agar bemor o‘zi suyuqlik icha olsa, tomchi ukol (”kapelnitsa”) olish mutlaqo tavsiya etilmaydi. ”Kapelnitsa” o‘pka alveolalarining shishishiga sabab bo‘ladi. Uyda va stasionarda davolanayotgan bemorlarga ”kapelnitsa” olishni tavsiya qilishni to‘xtatish kerak.

“Koronavirusda bemorlar o‘z-o‘zini kuzatish metodidan foydalanishi kerak. Ya’ni bunda koronavirusning barcha belgilari ko‘rsatilgan jadval tuzib, kunlik tarzda o‘zlarida qaysi simptomlar kuzatilganini kiritib borishlari kerak. Bu tuzalish jaryonini nazorat qilishga yordam beradi”, — deydi mutaxassis.

Avvalroq koronavirusga qarshi qo‘llanilayotgan “Plakvenil” dorisi yurakning to‘xtashigacha olib kelishi ma’lum qilingan edi.

Янгиликлар