Dunyo miqyosida oltin va kumushning narxi rekord darajada ko‘tarildi

Jahon bo‘yicha oltinning narxi oshdi, bir unsiyasining narxi 1860 dollargacha ko’tarildi, kumushning narxi esa 23 dollarga yetdi. Natijada oltin va kumushning narxlari 2011- va 2013-yildagi rekorddan oshib ketdi, deb xabar beradi “Comex” Nyu-York birjasi.

Foto: “Reuters”

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda iqtisodchilar oltinning avgust oyidagi qiymati 1850 dollarni, kumushning sentabrdagi qiymati esa 22 dollarni tashkil etishini taxmin qilmoqda.

Ekspertlar kumush va oltin narxlarining ko‘tarilishini dollarning yevroga nisbatan pasayishi, AQSh foiz stavkalarining tushishi va koronavirusning ikkinchi to‘lqin xavfi bilan izohladi.

Shuningdek, Silver instituti 2020-yilda koronavirus tufayli uzilishlar bo‘lgani uchun metall ishlab chiqarish 7 foizga pasayishini taxmin qilmoqda. Bu omil o‘z-o‘zidan narxlarning ko‘tarilishiga olib keladi.

Undan tashqari, “Goldman Sachs” tahlilchilari 2020-yilda oltinning bir unsiyasi 2000 dollargacha ko‘tarilishini taxmin qilmoqda.

 

Янгиликлар