O‘zbekistonda koronavirus bemorlarini ko‘ngilli davolovchilarning tibbiy bilimga ega bo‘lishlari shart emasligi ma’lum qilindi
AOKA huzuridagi shtabda 23-iyul, payshanba kuni Sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.
Kadr: YouTube
Nurmat Otabekovga ko‘ra, koronavirus bemorlarini ko‘ngilli davolovchilardan tibbiy bilim talab etilmaydi.
“Koronavirusga chalinganlarga ko‘ngilli ravishda yordam beradigan volontyorlar tibbiy bilimga ega bo‘lishlari shart emas”, — deydi inspeksiya boshlig‘i.
Avvalroq Nurmat Otabekov O‘zbekistonda koronavirus bemorlarini ko‘ngilli davolovchilarga respublika bo‘ylab bir xil ish haqi belgilanishi ma’lum qilingan edi.