Samarqandda koronavirus bilan bog‘liq maslahatlar uchun onlayn rentgenologlar faoliyat yuritishni boshladi
Samarqandda o‘zi va yaqinlari sog‘lig‘idan xavotirlangan fuqarolar Telegram orqali mutaxassislarning maslahatini olishi mumkin. Bu haqida Telegram’dagi “Samarqand-koronavirus Info” kanalida xabar berildi.
Qayd etilishicha, fuqarolar Telegram orqali ushbu mutaxassislarning maslahatlarini olishi mumkin:
- Vaxidov Feruz Fayazovich (90) 195-59-99;
- Kim Tatyana Pavlovna (90) 502-36-70;
- Ochilov Raxim Ochilovich (97) 918-65-45;
- Axrorova Lola Asrorovna (90) 742-84-67;
- Raxmatova Gulandom Telmanovna (91) 524-09-88;
- Davronov Eshboy Egamkulovich (90) 251-53-85;
- Xurramov Arabboy (97) 914-68-72;
- Mirzayev Ravshan Sobirovich (90) 280-99-77;
- Salimov Mexroj Xaydarovich (91) 299-12-11;
- Yarmatov Bobomurat Yesupovich (97) 915-35-31;
- Axrorova Gulshoda (93) 669-76-80;
- Li Elionora (91) 543-28-34;
- Turdumatov Jamshid (97) 925-95-90;
- Uzakov Nortoji (94) 488-11-57;
- Usanov Fayzullo (91) 537-95-12.
Buning uchun Telegram messenjerlar orqali kompyuter tomografiya yoki rentgen suratini elektron shaklda yuborish kerak. Yuborilgan har bir surat malakali rentgenologlar tarkibidan tashkil topgan jamoa o‘rtasida o‘rganiladi va kerakli tavsiyalar beriladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 28-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, 297 nafarga oshib, jami kasallanganlar 21 506 kishiga yetdi.
Ayni paytda mamlakatda 11 674 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan.
Hozirda 9710 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 215 nafari og‘ir, 81 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.