So‘x tumanida g‘alladan bo‘shagan yerlarning navbatdagi taqsimoti bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona viloyati So‘x tumanidagi yoshlarning bandligini ta’minlash va takroriy ekin ekishni rivojlantirish maqsadida “So‘x” shirkat xo‘jaligi hududidagi g‘alladan bo‘shagan yerlarni navbatdagi taqsimlab berish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda So‘x tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: So‘x tuman hokimligi axborot xizmati

Yoshlar Ittifoqi tuman kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan bu tadbirda tuman hokimi S.Sayidmusayev, tuman prokurori F.Abduvaliyev, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Q.Rahimberdiyev va boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirok etdi. 30 nafarga yaqin ko‘ngilli yoshlarga ushbu hududdan yerlar ajratib berildi. Ko‘mak tariqasida maxsus texnikalar bilan yerlar tayyorlab berildi. Yoshlar, asosan, ushbu ekin maydonlarga sabzavot ekishni rejalashtirishgan.

Foto: So‘x tuman hokimligi axborot xizmati

Foto: So‘x tuman hokimligi axborot xizmati

Foto: So‘x tuman hokimligi axborot xizmati

Foto: So‘x tuman hokimligi axborot xizmati

Avvalroq So‘x tumanida uch gektargacha bo‘lgan yerlar shartnoma asosida hududdagi ishsiz yoshlarga berilgan edi.

Янгиликлар