O‘zbekistonda ehtiyojmand oilalarga jami 150 mlrd so‘m moddiy yordam tarqatiladi

Hukumatning tegishli farmoyishiga asosan “Saxovat va ko‘mak” fondi orqali Respublika bo‘ylab ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam tarqatiladi, deb xabar berdi O‘zA.

Moddiy yordam Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan (150 milliard so‘m) ajratilishi belgilangan. Ushbu mablag‘ hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

  • Qoraqalpog‘iston — 10 milliard so‘m;
  • Andijon viloyati — 10 milliard so‘m;
  • Buxoro viloyati — 10 milliard so‘m;
  • Jizzax viloyati — 5 milliard so‘m;
  • Qashqadaryo viloyati — 20 milliard so‘m;
  • Navoiy viloyati — 5 milliard so‘m;
  • Namangan viloyati — 10 milliard so‘m;
  • Samarqand viloyati — 10 milliard so‘m;
  • Surxondaryo viloyati — 10 milliard so‘m;
  • Sirdaryo viloyati — 5 milliard so‘m;
  • Toshkent viloyati — 10 milliard so‘m;
  • Farg‘ona viloyati — 10 milliard so‘m;
  • Xorazm viloyati — 10 milliard so‘m;
  • Toshkent shahri — 25 milliard so‘m.

Ta’kidlanishicha, hududlardagi sektor rahbarlari 2 kun muddatda ushbu mablag‘larni aholiga tarqatilishini ta’minlaydi. Ma’lumot uchun, yuqoridagi ishlar hukumat tomonidan 2020-yil 29-iyul kuni chiqarilgan 346-sonli farmoyishi asosida bajariladi.

Avvalroq Buxoroda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobiga 1,5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ kelib tushgani, Shahrixonda kam ta’minlangan oilalarga ajratilgan 82 million so‘m budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani hamda karantin davrida 120 mingga yaqin oilalar davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар