Бокуда «Ўзбекистон» боғи қурилади

Президент Шавкат Мирзиёевнинг Озарбайжонга давлат ташрифи доирасида Боку шаҳрида «Ўзбекистон» боғининг тамал тошини қўйиш маросими бўлиб ўтди. Бу ҳақда Президент матбуот хизмати хабар берди.

Qayd etilishicha, yangi bog‘ poytaxtning «Oq shahar» mavzesida, 8,5 gektar maydonda quriladi.

Xabarga ko‘ra, bog‘da O‘zbekistonning me’moriy obidalarining nusxalari, sayilgohlar, yashil maydonlar, mehmonxona, savdo va ko‘ngilochar maskanlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Qurilish va bezak ishlarida o‘zbek milliy me’morchilik an’analari hamda naqshlari asos qilib olinadi.

Marosimda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ishtirok etib, bog‘ poydevoriga ramziy kapsula qo‘yish orqali ushbu muhim loyihaning qurilishini rasmiy ravishda boshlab berdi.

Янгиликлар