Buxoroda 6 oy ichida 8 mingga yaqin gaz jihozlari texnik ko‘rikdan o‘tkazilgani ma’lum qilindi

Buxoro viloyatida “Olottumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 2020-yil boshidan iyul oyining oxiriga qadar 3750 ta xonadon hamda 74 ta ulgurji iste’molchilarning gaz jihozlariga xizmat ko‘rsatildi. Bu haqda “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

2020-yilda iste’molchilarning 13805 dona gaz jihozlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, dastlabki olti oy ichida 7800 ta gaz jihozlari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.

Gaz jihozlarini belgilangan reja asosida texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun esa hududlarga to‘qqiz nafar mutaxassis xodim biriktirilgan.

Avvalroq Buxoroda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 40 ta ehtiyojmand oilaga gaz plitalari tarqatilgani xabar qilingan edi. 

Янгиликлар