Germaniyalik professor O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha konsultatsiya berdi

Germaniyaning yetakchi tibbiyot mutaxassislaridan biri, professor Verner Ber  O‘zbekistonga konsultant sifatida keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Germaniyalik professor COVID-19’ga qarshi kurash markaziy shtabida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha konsultant sifatida bo‘lib turibdi. U mamlakatning turli hududlarida ahvoli og‘ir bemorlarni samarali davolash bo‘yicha zarur tavsiyalarini bermoqda, natijada davo muolajalarini korreksiya qilishga erishilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, epidemiolog nega Germaniyada koronavirusdan o‘lim darajasi past ekanligini izohlagani haqda xabar bergan edik. Shuningdek, nemis mutaxassisi koronavirusni butunlay yengib bo‘lmasligini aytgan edi. 

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga koronavirusni davolash uchun turkiyalik mutaxassislar yetib kelishini ma’lum qilgani haqda xabar berilgandi.

Янгиликлар