Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga koronavirusni davolash uchun turkiyalik professorlar yetib kelishini ma’lum qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 23-iyul, payshanba kuni videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda Prezident pnevmoniyani davolashda nafaqat mahalliy shifokorlar, balki videoaloqa orqali xorijdagi yetakchi mutaxassislarni konsultatsiya berishga jalb qilinayotganini ta’kidlagan.

“Biz pnevmoniyani davolashda nafaqat o‘zimizning shifokorlar, balki videoaloqa orqali xorijdagi yetakchi mutaxassislarni konsultasiya berishga jalb qilyapmiz. Hozirgi vaqtda germaniyalik tibbiyot professori yurtimizga kelib, davolash jarayonlarida bevosita ishtirok etmoqda. Bugun Turkiyadan bir guruh professorlar yetib keladi. Boshqa davlatlardan ham eng tajribali mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha ish olib boryapmiz”.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev karantin cheklovlarini uzaytirish taklifiga rozilik bildirgan edi.

Keyinchalik koronavirusni davolash uchun qo‘shimcha 397 ta tez yordam mashinasi xarid qilingani yana 409 ta mashina joylarga yetkazilishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda nafaqadagi vrach va hamshiralarning qanchasi bemorlarni davolash uchun jalb etilgani ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlar orden va medallar bilan taqdirlanishi ma’lum qilindi.

Янгиликлар