O‘zbekistonda karantinga olingan fuqarolarning qanchasi homilador ayollar ekanligi ma’lum qilindi
O‘zbekistonda karantin nazoratiga olingan fuqarolarning 2,5 mingdan ortig‘ini homilador ayollar tashkil etadi. Bu haqida Telegram’dagi “Namkoronavirus Info” kanalida ma’lum qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ulardan 234 nafarida koronavirus aniqlangan, 120 nafari sog‘aygan.
Shuningdek, kasallangan homilador ayollar orasida 2,9 foizi vafot etgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 29-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, 22 374 nafarni tashkil etmoqda.
Avvalroq O‘zbekistonda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tugatilgani haqda xabar berilgandi. Ta’kidlanishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi va ularning hududiy bo‘linmalari tugatilgan.
Shundan keyin O‘zbekistonda Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga tibbiy majburlov chorasini qo‘llash huquqi berilgani haqida ma’lum qilindi.