Samarqandda yuk mashinasi va “Lacetti” to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Samarqand shahri hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lida yuk mashinasi va “Lacetti” to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi tergov departamenti xabar berdi.

Foto: Tergov departamenti

Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 19-iyul kuni soat taxminan 06:30 da Samarqand shahri hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lida 38 yoshli A.Z. boshqaruvida bo‘lgan “DAF TE 95XF” rusumli avtomashina Buxoro yo‘nalishidan Toshkent yo‘nalishi tomonga ketayotganida yo‘lning qarama-qarshi tomondan harakatlanib borayotgan 31 yoshli F.X.ning boshqaruvida bo‘lgan “Lacetti” rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Oqibatda “Lacetti” rusumli avtomashina haydovchisi A.Z. bilan yo‘lovchisi 24 yoshli E.R. lar og‘ir tan jarohatlari olib hodisa joyida vafot etganlar.

Foto: Tergov departamenti

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Avvalroq Qashqadaryoda “Nexia” va “Lacetti” to‘qnashib ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan edi.

Янгиликлар