Buxoroda “tez yordam” yuk mashinasiga urilishi oqibatida ikki kishi voqea joyida vafot etdi

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati

Buxoro viloyatida 7-iyul kuni soat 05:25 larda, A-380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 345-kilometrida tez tibbiy yordam haydovchisi 1988-yilda tug‘ilgan E.P. “Damas” rusumli transport vositasini haydab ketayotib yo‘l chetida to‘xtab turgan “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga borib urilgan. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati

YTH oqibatida “Damas” haydovchisi 32 yoshli E.P. va 28 yoshli yo‘lovchi A.X.lar og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati

Mazkur hodisa yuzasidan Peshku tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Buxoroda “Cobalt” yuk mashinasining ostiga kirib ketishi oqibatida uch kishi vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар