O‘zbekiston OTMlarida nomutaxassislik fanlar ikki barobarga qisqartirildi

AOKA huzuridagi shtabda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot kotibi Farhod Babashev oliy ta’limda o‘quv jarayonini optimallashtirish yuzasidan berilgan savolga javob qaytardi.

Ta’kidlanishicha, Oliy ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) o‘quv rejalaridagi fanlar hajmini optimallashtirish evaziga fanlar soni qisqartirilgan. Ilgari fanlar soni 35-40 tani tashkil etgan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich 30-35 tani tashkil etadi. Shu bilan birga nomutaxassislik fanlar 2 barobarga qisqartiriladi.

Shuningdek, kasbiy kompetensiyalarini kuchaytirish maqsadida o‘quv rejadagi amaliyot dars soatlari oshirilgani, Ilgari amaliyot dars soatlari 30-40 %ni tashkil qilgan bo‘lsa, hozirda 50-60% tashkil qilayotgani ma’lum qilindi.

Янгиликлар