O‘zbekistonda hafta davomida havo issiq va quruq bo‘lishi kutilmoqda
Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi xabariga ko‘ra, 7-iyuldan O‘zbekiston hududiga Turkmanistondan havo oqimi kirishni boshlaydi. Ob-havoning quruq va issiq boʻlishi kutilmoqda.
Harorat koʻtariladi va iqlimiy meʼyorlarga yetadi, kechasi 17-22 daraja, kunduzi 34-39 daraja, janubda va choʻl zonasida 40 darajagacha yetadi. Bunday harorat ish haftasining oxirigacha saqlanib turadi.
6-7-iyulda respublikada shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.