O‘zbekistonda muomaladan chiqqan 200 va 500 so‘mlik kupyuralarni almashtirib berish muddati uzaytirildi

O‘zbekistonda 200 va 500 so‘mlik kupyuralarni almashtirib berish muddati 1-sentabrgacha uzaytirildi. Bu haqda Markaziy bank xabar beradi.

Ma’lum qilinishicha, Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining barcha bo‘linmalariga 2020-yil 1-sentabrga qadar eski namunadagi 200 so‘mlik va 500 so‘mlik banknotlarni qabul qilish hamda muomaladagi banknotlar va tangalarga moneliksiz almashtirib berish yuzasidan ko‘rsatma berildi.

Fuqarolar 200 va 500 so‘mlik banknotlarni o‘z hududlari yaqinidagi tijorat bankida cheklanmagan miqdorda muomaladagi banknotlarga almashtirib olishlari mumkin.

Avvalroq Markaziy bank 1-iyul kunidan boshlab 200 va 500 so‘mlik qog‘oz pullar muomaladan chiqarilishini ma’lum qilgani va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevning bu holat aholiga noqulaylik tug‘dirayotgani sababli Markaziy bankka banknotalarni muomaladan chiqarmaslik taklifini kiritgani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар