O‘zbekistonda OTMlarga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar soni 1 million nafarga yaqinlashdi
O‘zbekistonda 14-iyul 18:00 holatiga ko‘ra, jami 938 952 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Ulardan 418 558 nafari — 2020-yil bitiruvchilari. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
Shundan ta’lim shakli bo‘yicha:
- kunduzgi — 551 257 nafar;
- sirtqi — 368 916 nafar;
- kechki — 18 779 nafar.
Hududlar miqyosida:
- Toshkent shahri — 254 059 nafar;
- Samarqand viloyati — 92 014 nafar;
- Andijon viloyati — 74 278 nafar;
- Farg‘ona viloyati — 73 815 nafar;
- Qashqadaryo viloyati — 61 085 nafar;
- Surxondaryo viloyati — 57 903 nafar;
- Namangan viloyati — 51 689 nafar;
- Toshkent viloyati — 50 170 nafar;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 49 228 nafar;
- Jizzax viloyati — 44 436 nafar;
- Buxoro viloyati — 39 382 nafar;
- Xorazm viloyati — 35 498 nafar;
- Navoiy viloyati — 28 504 nafar;
- Sirdaryo viloyati — 26 891 nafar.
Tillar kesimida:
- o‘zbek tilida — 825 036 nafar (88,3 foiz);
- rus tilida — 87 071 nafar (9,2 foiz);
- qoraqalpoq tilida — 24 787 nafar (2,3 foiz);
- boshqa tillarda — 2 058 nafar (0,2 foiz).
Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar:
- Samarqand davlat universiteti — 50 434 nafar;
- Andijon davlat universiteti — 40 656 nafar;
- Qarshi davlat universiteti — 36 981 nafar;
- Namangan davlat universiteti — 34 922 nafar;
- Toshkent davlat pedagogika universiteti — 34 452 nafar.
Eslatib o‘tamiz, 2020/2021-o‘quv yili uchun abituriyentlarning hujjatlari DTM sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun, OTMlarga hujjatlar 20-iyundan 20 iyulgacha (20-iyul kuni ham) qabul qilinadi.