O‘zbekistondagi karantin davrida kam ta’minlangan oilalar va ishsizlarga nafaqalar berish tizimi kengaytiriladi. Loyihaga 107 ming dollar ajratildi

“Jahon banki ishtirokida “O‘zbekistonda COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot xabar beradi.

Loyihaning maqsadi O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish uchun sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash, karantin tadbirlari amal qilishi davrida kam ta’minlangan oilalar va ishsizlarga vaqtinchalik nafaqalar berish tizimini kengaytirishdan iborat.

Ma’lumotlarga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati 106 757,1 ming dollarni tashkil etadi.

Sog‘liqni saqlash va Moliya vazirliklari Xalqaro taraqqiyot uyushmasining kreditidan maqsadli foydalanish hamda loyihani samarali amalga oshirish uchun mas’ul hisoblanadi.

Loyiha doirasida tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun sotib olinadigan tibbiy buyum, tibbiy texnika va jihozlar ro‘yxati tasdiqlanadi.

Loyiha doirasidagi mablag‘lar hisobidan ishsizlik bo‘yicha nafaqalarning manzilli ajratilishi ta’minlanadi.

Avvalroq O‘zbekiston Prezidentining “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.

Янгиликлар