Paxtaobodda ehtiyojmand fuqarolarga tibbiy niqoblar va dezinfeksiya vositalari bepul tarqatildi
Tuman IIB, Milliy gvardiya, tibbiyot birlashmasi, SEOM xodimlari bilan hamkorlikda aholi ko‘p to‘planadigan joylar, bozorlar, markaziy ko‘cha hamda do‘konlar atrofida kasallikka qarshi tushuntirish ishlari olib borilmoqda, deb xabar berdi Andijon viloyati IIB axborot xizmati.
Targ‘ibot tadbirlarida tibbiy niqob taqib yurish, dezinfeksiya vositalaridan foydalanish, oraliq masofani saqlash singari zaruriy ko‘rsatmalarga rioya etish muhim ekanligi fuqarolarga uqdirilmoqda.
Shuningdek, ehtiyojmand fuqarolarga tibbiy niqob, dezinfeksiya vositalari bepul tarqatilyapti, deyiladi xabarda
Bundan tashqari, savdo do‘konlari oldiga oraliq masofani saqlash haqidagi yozuvlar, oyoq kiyimlarini tozalovchi vositalar tashkil etilmoqda. Hozirda bu kabi tushuntirish-targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Andijon viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 6-iyul 10:00 holatiga ko‘ra, 277 nafarni tashkil etmoqda.